Zararli organizmlarni prognozlashtirish va monitoring qilish bo‘yicha bosh mutaxassis B.Irnazarov Pastdarg‘om tumanidagi Mevali, M.Ulug‘bek, Qayirmasoy va N.Nortayev MTPlari hududlaridagi g‘o‘za maydonlarida "Dolzarb 40 kunlik" davrida tekshiruv ishlarini amalga oshirmoqda. Uning asosiy vazifasi g‘o

15-Iyul, 2025-yil

Zararli organizmlarni prognozlashtirish va monitoring qilish bo‘yicha bosh mutaxassis B.Irnazarov Pastdarg‘om tumanidagi Mevali, M.Ulug‘bek, Qayirmasoy va N.Nortayev MTPlari hududlaridagi g‘o‘za maydonlarida "Dolzarb 40 kunlik" davrida tekshiruv ishlarini amalga oshirmoqda. Uning asosiy vazifasi g‘o‘za ekinlarida zararli hasharotlar va kasalliklarning tarqalish darajasini aniqlash,ularning rivojlanish prognozini tuzish va tegishli profilaktika choralarini tavsiya etishdan iborat. 
Nazorat davomida g‘o‘za maydonlaridagi o‘simliklarning holati, zararli organizmlarning mavjudligi va tarqalish darajasi sinchiklab o‘rganmoqda. Olingan natijalar asosida g‘o‘za ekinlarini himoya qilish bo‘yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqilib, tegishli MTP mutaxassislariga yetkazilmoqda. Bunday muntazam monitoring va prognoz ishlari g‘o‘za hosilini saqlab qolish va uning yanada oshirilishiga xizmat qiladi.

Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati

Kanalga ulanish 👇👇

https://t.me/Samkarantin

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech