Zang kasalligi - g‘alla yetishtirishda keng tarqalgan va xosilga katta zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan kasallik. Zang kasalligiga qarshi kurashilganda faqatgina kimoviy preparatlarni to‘g‘ri qo‘llabgina natijaga erishish mumkin. Shu boisdan ham, viloyat o‘simliklar karantini va

11-Aprel, 2025-yil

Zang kasalligi - g‘alla yetishtirishda keng tarqalgan va xosilga katta zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan kasallik. Zang kasalligiga qarshi kurashilganda faqatgina kimoviy preparatlarni to‘g‘ri qo‘llabgina natijaga erishish mumkin. Shu boisdan ham, viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Alisher Ismoilov Jomboy tumani Zarafshon MMTP hududidagi 5 gektarli g‘alla maydonida tuman bo‘limi inspektorlari va fermer xo‘jalik rahbari bilan kuzatuv nazorat tadbirlarini o‘tkazar ekan, eng avvalo, g‘alla maydonida zang kasalligi belgilarini boshqa kasalliklardan ajratib olishni bilish va kuzatish, zang kasalligiga qarshi fungitsidlar bilan ishlov berish jarayonida fungitsidlarni tanlaganda ularning aktiv moddalari, zang kasalligiga qarshi kurashish samaradorligini hisobga olish, gektariga sarflanadigan dozani aniqlab olish,kasallik belgilarini kuzatgan sari, eng samarali natija uchun faol davrlarda masalan, gullashdan oldin va keyin ishlatish, tavsiya etilgan dozada fungitsidni suv bilan aralashtirish, preparatni ravon va teng ravishda maydonga sepish, ishlov berish vaqtida havo sharoitini, shamol, yomg‘irni hisobga olish, ishlov berishdan keyin maydonni kuzatib borish, kasallikning rivojlanishi va fungitsidning samaradorligini baholash kabi jihatlarga ahamiyat qartish lozimligini ta’kidladi.


Kanalga ulanish 👇👇

https://t.me/Samkarantin

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech