Yurtimizda ilm, ma’rifat va axborot almashuvini kengaytirish maqsadida, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi hamkorligida "Siyosiy ma’rifat s

Yurtimizda ilm, ma’rifat va axborot almashuvini kengaytirish maqsadida, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi hamkorligida "Siyosiy ma’rifat soati" tashkil etilmoqda.
Bu uchrashuvlarning asosiy maqsadi–davlat xizmatchilari va keng jamoatchilikni mamlakatimiz va jahondagi dolzarb mavzular bilan tanishtirish, fuqarolarning axborotga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, dunyoqarashni kengaytirish va to‘g‘ri xulosa chiqarish ko‘nikmalarini rivojlantirishdir."Siyosiy ma’rifat soati" xalqimizning siyosiy va huquqiy savodxonligini oshirishga xizmat qilib, jamiyatda barqarorlik va demokratik qadriyatlarni mustahkamlashga yo‘l ochadi.
Bugungi muloqotda viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasining barcha xodimlari, ilmiy-tadqiqot instituti hamda agrokimoviy tuproq tahlili xodimlari faol ishtirok etib, dolzarb masalalar yuzasidan bilimlarini oshirdilar.