Yurtimizda ilm, ma’rifat va axborot almashuvini kengaytirish maqsadida, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi hamkorligida "Siyosiy ma’rifat s

21-Avgust, 2025-yil

Yurtimizda ilm, ma’rifat va axborot almashuvini kengaytirish maqsadida, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi hamkorligida "Siyosiy ma’rifat soati" tashkil etilmoqda. 

Bu uchrashuvlar davlat xizmatchilari va keng jamoatchilikni mamlakatimiz hamda jahondagi dolzarb mavzular bilan tanishtirish, fuqarolarning axborotga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, dunyoqarashni kengaytirish va to‘g‘ri xulosa chiqarish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. 

"Siyosiy ma’rifat soati" xalqimizning siyosiy va huquqiy savodxonligini oshirib, jamiyatda barqarorlik va demokratik qadriyatlarni mustahkamlashga yo‘l ochadi. Bugungi muloqotda viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi xodimlari ham faol ishtirok etib, dolzarb masalalar yuzasidan bilimlarini oshirdilar. 


Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech