"Yashil makon" umummilliy loyihasi: Toyloq tumanida keng ko‘lamli ko‘kalamzorlashtirish ishlari jadal davom etmoqda Mamlakatimizda ekologik barqarorlikni ta’minlash va atrof-muhitni obodonlashtirishga qaratilgan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Samarqand viloyati o‘simliklar karantini
"Yashil makon" umummilliy loyihasi: Toyloq tumanida keng ko‘lamli ko‘kalamzorlashtirish ishlari jadal davom etmoqda
Mamlakatimizda ekologik barqarorlikni ta’minlash va atrof-muhitni obodonlashtirishga qaratilgan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Samarqand viloyati o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasining ma’sullari va uning Toyloq tuman bo‘limi inspektorlari hamkorligida keng ko‘lamli sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda.
Ushbu xayrli tadbirlar davomida tumandagi dala chetlari, yo‘l bo‘ylari va aholi xonadonlariga tutash hududlarda ko‘kalamzorlashtirish ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, "Sayit Nazarov" MMTP hududidagi "Koymars davr" fermer xo‘jaligi hamda "Baxshitepa" agrofirmasi hududidagi "Siyob Shavkat Orzu" fermer xo‘jaligining dala chetlari va yo‘l bo‘ylariga mevali daraxt ko‘chatlari ekilmoqda.
Bugungi kunda ko‘chat ekish va obodonlashtirish ishlari Toyloq tumanining barcha hududlarida qizg‘in va uyushqoqlik bilan davom ettirilib, har bir go‘shani yashil makonga aylantirish maqsad qilingan.
Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati
💬 https://t.me/Samkarantin - Oʻsimliklar karantini va himoyasi yangiliklaridan xabardor qiluvchi eng ommabop kanal