"YASHIL MAKON" UMUMMILLIY LOYIHASI DOIRASIDA

27-Noyabr, 2024-yil

"YASHIL MAKON" UMUMMILLIY LOYIHASI DOIRASIDA

Bugun, Narpay tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida olib borilayotgan keng miqyosdagi ishlar davom etmoqda.

Aholi birdamligida uyushqoqlik bilan o‘tkazilayotgan bu kabi ishlarga yosh-qari birdek hissa qo‘shish niyatida. 

Jumladan, tumanimiz Qishloq xojaligi va faol fuqarolar tomonidan Ozbekiston MMTP hududidagi bo‘sh turgan yer maydonida hashar tashkil etilib, 350 tup mevali hamda 750 tup manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.

Bu kabi ishlar tuman bo‘ylab joylarda davom etadi.

Hurmatli fuqarolar, siz ham o‘zingiz yashayotgan hududda hamda faoliyat olib borayotgan ishxonangizda ko‘chat o‘tqazib, yashil makon yaratishdek xayrli ishlarga o‘z hissangizni qo‘shing.  

Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati

Kanalga ulanish 👇👇

https://t.me/Samkarantin  - Oʻsimliklar karantini va himoyasi yangiliklaridan boxabar qiluvchi eng ommabop  kanal

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech