Xabaringiz bor, ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30 dekabrdagi "Qishloq xo‘jaligi maydonlaridagi qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalangan holda mahsulot yetishtirishni ko‘paytirishga doir chora-tadbirlar

22-Yanvar, 2025-yil

Xabaringiz bor, ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30 dekabrdagi "Qishloq xo‘jaligi maydonlaridagi qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalangan holda mahsulot yetishtirishni ko‘paytirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda ko‘chat ekish ishlari jadal olib borilmoqda. 
Bu kabi tadbirlardan biri bugun Respublika ishchi guruhi va viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig‘i Sh.Urazov tashabbusi bilan Oqdaryo tumanidagi "Unitol" fermer xo‘jaligi dalasida tashkil etildi. Avval seminar keyin amaliy ko‘rinishdagi ushbu tadbir yig‘ilganlarga dasturul amal bo‘ldi. 
  
Seminarning yana bir muhim qismida olim agronomlar tomonidan ko‘chat ekish amaliyoti namoyish etildi. 
  
Bu kabi tadbirlar eksportbop mevali daraxtlarni yetishtirishda aholi va fermerlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qilishi bilan bir qatorda, qishloq xo‘jaligida yuqori samaradorlikka erishishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
  
  
  
Samarqand viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati 
  
Kanalga ulanish 👇👇 
  
https://t.me/Samkarantin - O‘simliklar karantini va himoyasi yangiliklaridan xabardor qiluvchi eng ommabop kanal

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech