Viloyatimiz hududidagi eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini tayyorlash va qadoqlash bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga mahsulotlarni chet davlatlar fitosanitariya talablariga muvofiqlashtirish, tegishli maslahatlar va amaliy yordam berish uchun 150 dan ortiq mahsulotlarni qayta

12-Noyabr, 2024-yil

Viloyatimiz hududidagi eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini tayyorlash va qadoqlash bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga mahsulotlarni chet davlatlar fitosanitariya talablariga muvofiqlashtirish, tegishli maslahatlar va amaliy yordam berish uchun 150 dan ortiq mahsulotlarni qayta ishlovchi va qadoqlovchi korxonalarni roʻyxati shakllantirilib, tumanlar miqiyosida oʻsimliklar karantini davlat inspektorlari biriktirilgan. 

Ayni paytda inspektorlar tomonidan eksportga chiqarilayotgan barcha turdagi qishloq xoʻjalik xoʻjalik mahsulotlari karantin nazoratidan oʻtkazilmoqda.
Viloyat hududiga karantin ostidagi mahsulotlarni olib kirish, olib chiqish, ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, tashish, realizatsiya qilish bilan shugʻullanadigan tadbirkorlik subyektlariga tegishli boʻlgan issiqxona, mevali bogʻ, qayta ishlash korxonalari, qadoqlash sexlari va omborxonalarda karantin ostidagi mahsulotning oʻsimliklar karantini qoidalariga hamda fitosanitariya talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida oʻsimliklar karantini sohasida monitoring yuritiladi va viloyat oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasining fitosanitar laboratoriyasiga belgilangan tartibda namunalar topshiriladi. 

Ayni paytda chegara maskanlarida faoliyat olib borayotgan inspektorlarning har biri maxsus planshetlar bilan taʼminlangan boʻlib, bu karantin osti yuklariga elektron tartibda dalolatnomalar, sertifikatlar berishda qoʻl kelmoqda.

Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati

Kanalga ulanish 👇👇

https://t.me/Samkarantin

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech