Viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasining Zararli organizmlarni prognozlashtirish va monitoring qilish bo‘yicha bosh mutaxassisi B.Irnazarov Kattaqo‘rg‘on tumani hududlarida keng qamrovli, tizimli monitoring ishlarini olib bormoqda.

Ushbu muhim tadbir davomida tumandagi g‘o‘za maydonlarining joriy fitosanitar holati, ekinlarning rivojlanish darajasi sinchkovlik bilan o‘rganildi va nazorat qilindi.
Ayniqsa, shira, trips, o‘rgimchakkana va ko‘sak qurti kabi xavfli zararkunandalarning tarqalish darajasi hamda qishloq xo‘jaligi uchun keltirayotgan zarari chuqur tahlil qilindi.
Mutaxassis, shuningdek, zararli organizmlarga qarshi kurashda faol qo‘llanilayotgan feromon tutqichlarning to‘g‘ri o‘rnatilishi, ularning samaradorligi va zararkunandalar tutish dinamikasini atroflicha tekshirdi. Ushbu muntazam monitoring natijalari asosida kelgusidagi o‘simliklarni samarali himoya qilish chora-tadbirlari uchun aniq, ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqiladi. Bu esa paxta hosili xavfsizligini ta’minlash va fermer xo‘jaliklariga amaliy yordam ko‘rsatishga juda katta xizmat qiladi.
Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati