Viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasining Urgut tuman boʻlimi inspektori tomonidan, Urgut tumanidagi "ZUHRO HANDA" MCHJ tomonidan Turkiya davlatiga eksport qilinayotgan 22 000 kg (yigirma ikki tonna) mayiz mahsulotining fitosanitar nazorati amalga oshirildi.

4-Sentabr, 2025-yil

Mahsulotning xalqaro fitosanitar talablarga va importchi davlat (Turkiya)ning belgilangan meyorlariga muvofiqligini ta’minlash maqsadida, yuborilgan mayiz partiyasi sinchkovlik bilan tekshirildi.O‘tkazilgan tekshiruvlar va zarur laboratoriya tahlillari natijasida, mahsulotda o‘simliklar uchun xavfli bo‘lgan karantin zararkunandalari, kasalliklar va begona o‘tlar urug‘lari aniqlanmadi. 
 
Nazorat natijalariga ko‘ra,mayiz mahsulotining fitosanitar jihatdan sog‘lom ekanligi to‘liq tasdiqlandi. Shu munosabat bilan,"ZUHRO HANDA" MChJga tegishli tartibda fitosanitar sertifikat rasmiylashtirilib, mahsulotning Turkiyaga xavfsiz eksport qilinishiga ruxsat berildi.

Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech