Viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasining Urgut tuman boʻlimi inspektori tomonidan, tumanidagi "FERGANSKAYA DOLINA FRESH SWEET" MCHJ tomonidan Rossiya Federatsiyasiga eksport qilinayotgan 22 050 kg (yigirma ikki tonna ellik kilogramm) xandon pista mahsulotining fitosanitar nazorati a

4-Sentabr, 2025-yil

Viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasining Urgut tuman boʻlimi inspektori tomonidan, tumanidagi "FERGANSKAYA DOLINA FRESH SWEET" MCHJ tomonidan Rossiya Federatsiyasiga eksport qilinayotgan 22 050 kg (yigirma ikki tonna ellik kilogramm) xandon pista mahsulotining fitosanitar nazorati amalga oshirildi. 
 
Mahsulotning xalqaro fitosanitar talablarga va importchi davlat (Rossiya)ning belgilangan meyorlariga muvofiqligini ta’minlash maqsadida,yuborilgan pista partiyasi sinchkovlik bilan tekshirildi.O‘tkazilgan laboratoriya tahlillari va vizual ko‘riklar natijasida,mahsulotda o‘simliklar uchun xavfli bo‘lgan karantin zararkunandalari,kasalliklar va begona o‘tlar urug‘lari aniqlanmadi. 
 
Nazorat natijalariga ko‘ra,pista mahsulotining fitosanitar jihatdan sog‘lom ekanligi to‘liq tasdiqlandi va "FERGANSKAYA DOLINA FRESH SWEET" MChJga tegishli tartibda fitosanitar sertifikat rasmiylashtirildi. Bu,mahsulotning Rossiya bozoriga xavfsiz va uzluksiz kirib borishiga imkon yaratadi.


https://t.me/Samkarantin

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech