Viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasida "Siyosiy ma’rifat soati" bo‘lib o‘tdi Har haftaning juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim etiladigan "Siyo
Viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasida "Siyosiy ma’rifat soati" bo‘lib o‘tdi
Har haftaning juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim etiladigan "Siyosiy ma’rifat soati" navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu platforma kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida atroflicha ma’lumot berib borishga qaratilgan.
Ushbu tadbirda viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasining barcha xodimlari faol ishtirok etishdi. Yig‘ilish davomida xodimlar mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, yangiliklar va muhim qarorlar haqida ma’lumot olib, o‘z bilim va tasavvurlarini kengaytirdilar. Bunday ma’rifiy soatlar jamoaning bilim saviyasini oshirish va ularni axborot bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati
Kanalga ulanish 👇👇
https://t.me/Samkarantin