Viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasida siyosiy ma’rifat soati bo‘lib o‘tdi Bugun Samarqand viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasida xodimlarning siyosiy bilim va dunyoqarashini yanada yuksaltirish maqsadida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuri

20-Noyabr, 2025-yil

Viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasida siyosiy ma’rifat soati bo‘lib o‘tdi 

Bugun Samarqand viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasida xodimlarning siyosiy bilim va dunyoqarashini yanada yuksaltirish maqsadida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan navbatdagi "Siyosiy ma’rifat soati" tashkil etildi.

Unda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, Yangi O‘zbekistonni barpo etishdagi ustuvor yo‘nalishlar hamda iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi yangilanishlar haqidagi ma’lumotlar taqdim etildi. 
 
Xodimlar Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan taraqqiyot dasturlari, aholi farovonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar va xalqaro maydonda O‘zbekistonning tutgan o‘rni bilan yaqindan tanishtirildi. 

Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati

Kanalga ulanish 👇👇

https://t.me/Samkarantin

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech