Viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi tomonidan viloyatda faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash va ularning mahsulotlarini erkin realizatsiya qilishga ko‘maklashish maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda.

4-Sentabr, 2025-yil

Jumladan, Bulungʻur tumandagi, "Baxtiyor Fayzullayev katta quyonchi" f/x da yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga fitosanitar nazorat xizmatlari ko‘rsatildi. 
 
Ma’lumki, fermer xoʻjaliklari dala chetlaridan ham oqilona foydalanib, turli qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirmoqda."Baxtiyor Fayzullayev katta quyonchi" f/x ning dala chetlarida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifatini tasdiqlash va ularni ichki bozorlarda erkin sotish imkoniyatini yaratish maqsadida, tegishli tartibda bepul ichki fitosanitar sertifikatlar rasmiylashtirib berildi. 
 
Bu, f/x ning mahsulot yetishtirishdan boshlab, uni sotishgacha bo‘lgan jarayonda yuzaga keladigan xarajatlarni kamaytirishga va mahsulotning sifatiga davlat kafolatini berishga xizmat qiladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech