Viloyat O'simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi tomonidan "2025 yil hosili uchun ekilgan g'o'za maydonlarida defoliyatsiyani o'z muddatida va sifatli o'tkazish to'g'risida"gi buyruq qabul qilindi. Ushbu buyruqning asosiy maqsadi paxta hosilini sifatli yig'ib olish va uni zararkunandalardan him
Viloyat O'simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi tomonidan "2025 yil hosili uchun ekilgan g'o'za maydonlarida defoliyatsiyani o'z muddatida va sifatli o'tkazish to'g'risida"gi buyruq qabul qilindi. Ushbu buyruqning asosiy maqsadi paxta hosilini sifatli yig'ib olish va uni zararkunandalardan himoya qilishdir.
Mazkur buyruq ijrosini ta'minlash maqsadida, boshqarma mas'ul xodimlari tomonidan paxtachilikka ixtisoslashgan tumanlarda, jumladan, Kattaqo'rg'on tumanidagi fermer xo'jaliklarining g'o'za maydonlarini ko'zdan kechirildi. Ushbu tashrif davomida, ichki fitosanitar davlat inspektorlari bilan hamkorlikda bajariladigan vazifalar belgilab olindi. Defoliyatsiya jarayonlarini to'g'ri va o'z vaqtida amalga oshirish, paxta sifatini oshirish va hosildorlikni ko'paytirish borasida aniq chora-tadbirlar belgilandi.
Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati
Kanalga ulanish 👇👇
https://t.me/Samkarantin