Viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlarni davom ettirmoqda. Fermer xo‘jaliklarining yetishtirgan mahsulotlarini sifatli va xavfsiz tarzda ichki bozorga chiqarishini ta’minlash asosiy vazifal

Viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlarni davom ettirmoqda. Fermer xo‘jaliklarining yetishtirgan mahsulotlarini sifatli va xavfsiz tarzda ichki bozorga chiqarishini ta’minlash asosiy vazifalardan biridir.
Xususan, Pastdarg‘om tumani "Tashabbus paxta g‘alla" fermer xo‘jaligi tomonidan dala chetlaridan oqilona foydalanib yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari fitosanitar nazoratdan o‘tkazildi. O‘tkazilgan laboratoriya tahlillari va vizual ko‘riklar natijasida, mahsulotning sifati va fitosanitar xavfsizligi to‘liq tasdiqlandi.
Shu asosda, fermer xo‘jaligiga yetishtirilgan mahsulotlarni ichki bozorda hech qanday cheklovlarsiz erkin sotish imkoniyatini beruvchi bepul ichki fitosanitar sertifikat rasmiylashtirib berildi. Bu kabi chora-tadbirlar fermerlarning harajatlarini kamaytirib, aholiga sifatli va sog‘lom oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berishga xizmat qiladi.
https://t.me/Samkarantin