Viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi prognoz bo‘yicha bosh mutaxassisi B.Irnazarov hamda Pastdarg‘om tumani bo‘lim mutaxassislari ishtirokida yig‘ilish tashkil etildi. Unda hududlardagi g‘o‘za maydonlarida defoliatsiya tadbirlarini o‘z vaqtida va sifatli tashkil etish masalalari atr

15-Sentabr, 2025-yil

Viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi prognoz bo‘yicha bosh mutaxassisi B.Irnazarov hamda Pastdarg‘om tumani bo‘lim mutaxassislari ishtirokida yig‘ilish tashkil etildi. Unda hududlardagi g‘o‘za maydonlarida defoliatsiya tadbirlarini o‘z vaqtida va sifatli tashkil etish masalalari atroflicha muhokama qilindi. 
 
Ma’lumki, defoliatsiya paxta hosilini yig‘ib-terib olish oldidan g‘o‘zani bir meyorda ochish va hosildorlikni oshirishda muhim agrotexnik jarayon hisoblanadi. Yig‘ilishda bu tadbirlarni zamonaviy usullar va ilg‘or tajribalar asosida amalga oshirish, shuningdek, har bir dala maydonining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olish zarurligi ta’kidlandi. Mutaxassislar tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan aniq vazifalar belgilab olinib, ularning ijrosi yuzasidan kelishuvlarga erishildi.Bu esa paxta hosilini nes-nobud qilmasdan, qisqa muddatlarda va yuqori sifat bilan yig‘ishtirib olishga xizmat qiladi.

Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech