Viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi ma’sullari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

6-Yanvar, 2025-yil

Viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi ma’sullari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Matbuot anjumanida Viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Alisher Ismoilov, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari Mirfayoz Mallaev hamda mas’ul tarkibiy tuzilma rahbarlari ishtirok etib, jurnalistlarga o‘tgan davr mobaynida boshqarma tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida axborotlar berildi. 
Ta’kidlanganidek, Samarqand viloyatining tashqi savdo aylanuvida 2024 yil yanvar-dekabr oylarigacha amalga oshirilgan ishlar, jumladan, chet ellik eksportyorlar bilan o‘zaro hamkorlik ostida amalga oshirilgan esport jarayonlari, eksport hajmining ortishi, chet ellik eksportyor korxonalar bilan yanada qishloq xo‘jalik mahsulotlarining eksport xajmini kengaytirish, chet el bozorlariga yo‘l ochish, shuningdek, ichki karantin tizmida, biolaboratoriyalar faoliyati bilan bog‘liq, tuproq tahlili, tut parvonasi va chigirtkalarga qarshi kurashish borasida olib borilgan tadbirlar va kelgusidagi istiqbollar haqida ma’lumotlar berilib, ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga javoblar qaytarildi.


Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech