Viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Ismoilov Kattaqo‘rg‘on tumanida joylashgan “Jasurbek”biolaboratoriyasining faoliyatini o‘rgandi.

15-Iyul, 2025-yil

Viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Ismoilov Kattaqo‘rg‘on tumanida joylashgan “Jasurbek”biolaboratoriyasining faoliyatini o‘rgandi. 
 
O‘rganish davomida laboratoriyaning moddiy-texnika bazasi, laboratoriya xodimlarining malakasi va ish tajribasi bilan tanishish rejalashtirilgan edi. 

Tekshiruv jarayonida laboratoriyaning ish samaradorligi, o‘simliklarni himoya qilish bo‘yicha tavsiyalarning sifati va o‘z vaqtida berilishi baholandi. Aniqlangan kamchiliklar va muammoli masalalar bo‘yicha tegishli tavsiyalar berilib, ularning bartaraf etilishi yuzasidan ko‘rsatmalar berildi. Kelgusida laboratoriya faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi. Bu kabi nazorat tadbirlari viloyatda o‘simliklarni himoya qilish ishlarining sifatini oshirishga xizmat qiladi.


Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati

Kanalga ulanish 👇👇

https://t.me/Samkarantin

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech