Viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Ismoilov Ishtixon tumanidagi g‘o‘za maydonlarida bo‘lib,"Dolzarb 40 kunlik"tadbiri doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni nazoratdan o‘tkazdi.

Nazorat davomida A.Ismoilov g‘o‘za nihollarining fitosanitariya holatini atroflicha o‘rgandi.Asosiy e’tibor,paxta hosiliga jiddiy zarar yetkazuvchi ko‘sak qurti,o‘rgimchakkana va qandala kabi zararkunandalarga qarshi kurash choralarining samaradorligiga qaratildi.
Nazorat jarayonida tuman bo‘limi inspektorlari hamda fermerlar bilan suhbat o‘tkazilib,ushbu zararkunandalarning oldini olish va ularga qarshi kurashish bo‘yicha mavjud muammolar va yechimlar muhokama qilindi.Zararkunandalar tarqalishining oldini olish,profilaktik choralarni kuchaytirish va agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.Mazkur tadbirlar paxta hosilining sifati va miqdorini oshirishga xizmat qiladi.
Bizni kuzatishda davom eting👇👇
https://t.me/Samkarantin