Viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig‘i Sh.Urazov hamda Ishtixon tuman bo‘limi mutaxassislari bilan tumandagi fermer xo‘jaliklarning dala chetlarini ekin bilan band qilish masalasi bo‘yicha nazorat o‘tkazmoqda.

Viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig‘i Sh.Urazov hamda Ishtixon tuman bo‘limi mutaxassislari bilan tumandagi fermer xo‘jaliklarning dala chetlarini ekin bilan band qilish masalasi bo‘yicha nazorat o‘tkazmoqda.
Ko‘chatlarni ekkanda, tuproq tayyorlash, tuproqning rN darajasini va oziq moddalarini tekshirish. Agar zarur bo‘lsa, organik yoki mineral o‘g‘itlar bilan boyitish, ko‘chatlar tanloviga alohida e’tibor berish, ya’ni, dala cheti uchun mos keladigan ko‘chatlar tanlanishi, mahalliy iqlimga mos keladigan navlarni tanlash, ularning joylashuvi va o‘sish shartlarini hisobga olish, ekish jarayonilari, ko‘chatlarni to‘g‘ri masofada ekish, ularning o‘sishini ta’minlash uchun yetarli sharoitni yaratish, ko‘chatlarni ekishda to‘g‘ri chuqurlikka e’tibor berish, parvarishlash bo‘yicha ko‘chatlarni ekkandan keyin, ularni yaxshi sug‘orish, zararli hasharotlarga qarshi kurash: Ko‘chatlarni zararli hasharotlardan va kasalliklardan muhofaza qilish uchun profilaktik choralarni ko‘rish bo‘yicha tuman bo‘limi xodimlarmga topshiriqlar berildi.
Bu kabi nazorat tadbirlarini muntazam olib borish, bu na faqat ekologiyani yaxshilash, balki odamlarning turmush tarzini ham yaxshilash uchun muhim jarayondir. To‘g‘ri vaqt, to‘g‘ri ko‘chat, parvarish va muhofaza qilish choralari bilan samarali natijalarga erishish mumkin.
Kanalga ulaning:
✅ https://t.me/Samkarantin