Viloyat chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmati tomonidan tut parvonasiga qarshi kurash borasida muhim ishlar olib borilmoqda. Buning uchun, viloyat hududidagi tutzorlar va yakka qatorli tut daraxtlarida chuqurlashtirilgan kuzgi kuzatuv-nazorat ishlari tashkil etildi.
Viloyat chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmati tomonidan tut parvonasiga qarshi kurash borasida muhim ishlar olib borilmoqda. Buning uchun, viloyat hududidagi tutzorlar va yakka qatorli tut daraxtlarida chuqurlashtirilgan kuzgi kuzatuv-nazorat ishlari tashkil etildi.
Viloyat miqyosida umumiy hisobda 33 043,2 ming dona yakka qatorli tut daraxtlari va 7891,7 gektar maydonni egallagan tutzorlar mavjud. Shundan, samarali nazoratni ta’minlash maqsadida, 24 452 ming dona yakka qatorli tut daraxtlari va 6392,3 gektar tutzorlarda keng ko‘lamli monitoring o‘tkazildi.
Olib borilgan kuzatuv va nazorat tadbirlarining dastlabki natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, 6306,8 ming dona yakka qatorli tut daraxtlarida va 1998 gektar tutzorlarda Tut parvonasining zararkunanda g‘umbaklari yoki tirik holdagi qurtlari aniqlangan. Aniqlangan zararkunandalarning tarqalish darajasini va ularning kelgusi yilda keltirishi mumkin bo‘lgan zararni kamaytirish maqsadida, ushbu hududlarda tegishli zararsizlantirish ishlarini amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Bu esa, kelajakda tutzorlarning sog‘lomligini va ipakchilik sanoatining barqaror rivojini ta’minlashga xizmat qiladi.
Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati
Kanalga ulanish 👇👇
💬 https://t.me/Samkarantin - Oʻsimliklar karantini va himoyasi yangiliklaridan xabardor qiluvchi eng ommabop kanal
🔰Veb sayt (https://samkarantin.uz/) I 💬Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=100073345246541) I 📷Instagram (https://www.instagram.com/samkarantin99?r=nametag) I 📺Youtube (https://youtube.com/channel/UCeMdD5Tkf193unqC6ShdWbA)