Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-avgustdagi 516-F-son farmoyishiga muvofiq, joriy yilning 22–23-avgust kunlari mamlakatimizda umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi. Mustaqillik bayrami arafasida "Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki" shiori ostidagi ushbu tadbirda hududlarni obodonlashtirish, mavjud

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-avgustdagi 516-F-son farmoyishiga muvofiq, joriy yilning 22–23-avgust kunlari mamlakatimizda umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi. Mustaqillik bayrami arafasida "Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki" shiori ostidagi ushbu tadbirda hududlarni obodonlashtirish, mavjud yashillikni parvarishlash va sanitariya holatini yaxshilash ishlariga alohida e’tibor qaratildi.
Shu munosabat bilan, viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasida ham xayriya hashari tashkil etildi. Boshqarma xodimlari hamjihatlik bilan o‘z ish joylari va uning atroflarini tozaladilar. Binolar va hududlar chiqindilardan tozalanib, atroflar tartibga keltirildi. Mavjud gulzorlar va daraxtlar sug‘orilib, qarovsiz xashaklardan tozalandi. Bu hashar nafaqat tashqi ko‘rinishni yaxshiladi, balki jamoada birlik va Vatan obodligiga hissa qo‘shish tuyg‘usini mustahkamladi.
Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati