Urgutdan Polshaga quritilgan tut eksporti: fitosanitar nazoratdan muvaffaqiyatli o‘tdi Urgut tumanidagi "GREEN DESERT" MCHJ tomonidan 20 000 kg quritilgan tut mahsuloti Polsha davlatiga eksport qilinmoqda.Mazkur mahsulotlar tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan 2018-yil 9 iyulda tasdiqlangan "O‘s

26-Sentabr, 2025-yil

Urgutdan Polshaga quritilgan tut eksporti: fitosanitar nazoratdan muvaffaqiyatli o‘tdi 
 
Urgut tumanidagi "GREEN DESERT" MCHJ tomonidan 20 000 kg quritilgan tut mahsuloti Polsha davlatiga eksport qilinmoqda.Mazkur mahsulotlar tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan 2018-yil 9 iyulda tasdiqlangan "O‘simliklar karantini to‘g‘risida"gi O‘RQ-484-son O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasi va Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29 yanvardagi 65-son qarori asosida dastlabki fitosanitar nazoratdan muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Osimlik karantini obyektlaridan holi ekanligi aniqlangan tut mahsulotiga ichki FSS rasmiylashtirilib, eksportga yo‘naltirildi. Bu eksport mahsulotlarining xalqaro standartlarga muvofiqligi va sifatini tasdiqlaydi.

Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati

Kanalga ulanish 👇👇

@Sam_qishloqxojaligi
https://t.me/Samkarantin  - Oʻsimliklar karantini va himoyasi yangiliklaridan xabardor qiluvchi eng ommabop  kanal

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech