🌲Urgutda archalarni himoya qilish ishlari olib borilmoqda

18-Iyun, 2025-yil

🌲Urgutda archalarni himoya qilish ishlari olib borilmoqda

Urgut tumanida yashil hududlarni asrash va o‘simliklarga zarar yetkazuvchi hasharotlarga qarshi kurashish ishlari davom etmoqda. Tumandagi O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘limi xodimlari hamda “Xushvaqt bobo” o‘simliklar klinikasi huzurida tuzilgan maxsus otryad a’zolari archa unsimon qurtiga qarshi kimyoviy ishlov berish ishlarini tashkil etishmoqda.

Mazkur ishlovlar asosan Urgut tumanidagi tashkilotlar, muassasalar va boshqa hududlarda o‘sayotgan archalarni himoya qilishga qaratilgan. Zararkunandalar o‘z vaqtida aniqlanib, ularga qarshi samarali preparatlar qo‘llanmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech