Tut parvonasi qurti faqat tut bargi bilan oziqtanadigan zararkunanda hasharot. Katta yoshdagi qurtlari daraxt poʻstloqlari tagida maxsus ipakdan toʻqigan belanchagi ichida qishlab chiqadi. Bahorda gʻumbakka aylanadi,

Tut parvonasi qurti faqat tut bargi bilan oziqtanadigan zararkunanda hasharot. Katta yoshdagi qurtlari daraxt poʻstloqlari tagida maxsus ipakdan toʻqigan belanchagi ichida qishlab chiqadi. Bahorda gʻumbakka aylanadi, 15—20 kundan soʻng undan kapalaklar uchib chiqadi. Kapalagi mayda, qanotlari yozilganda 15–17 mm, qanotida koʻndalang chiziklari bor. Har bir kapalak (tut bargiga 2—3 tadan) oʻrtacha 50-60 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumdan chiqqan qurtlar tut bargi toʻqimalarini yeb shikastlaydi. Zararlangan daraxt novdalari quriydi, sovuqqa chidamliligi pasayib ketadi. Bu zararkunanda yil davomida 6—7 marta avlod beradi. Oxirgi avlodning qurtlari oktabr-noyab. oylarida qishlashga oʻradi. Tut parvonasiga qarshi biologik kurash usullari yaxshi samara beradi.
A.Saparov, K.Karimov, X Amanov,
fitosanitat nazorat davlat inspektorlari.