Tuproqning oziq moddalarini to‘ldirish uchun mineral va organik o‘g‘itlarni berish maqsadga muvofiq. Fevralda, odatda, azotli o‘g‘itlardan foydalanish tavsiya etiladi, chunki bu g‘allaning o‘sishini rag‘batlantiradi. Fevral oyida kuzgi ekilgan g‘allaning parvarishi, uning samaradorligini oshirish va

5-Mart, 2025-yil

Tuproqning oziq moddalarini to‘ldirish uchun mineral va organik o‘g‘itlarni berish maqsadga muvofiq. Fevralda, odatda, azotli o‘g‘itlardan foydalanish tavsiya etiladi, chunki bu g‘allaning o‘sishini rag‘batlantiradi. Fevral oyida kuzgi ekilgan g‘allaning parvarishi, uning samaradorligini oshirish va yaxshi hosil olish uchun muhim ahamiyatga ega. Tuproqni tekshirish, zararli hasharotlarga qarshi kurash, o‘g‘it berish va sug‘orish kabi tadbirlar muvaffaqiyatli amalga oshirilishi kerak. Bu davrda diqqat bilan ishlash, kelgusida yaxshi natijalarga olib keladi. Shu boisdan ham, viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Alisher Ismoilov Payariq tumani bo‘limi bilan "Zuban Axmedov" fermer xermer xo‘jaligining 12 gektarli g‘alla maydonida kuzatuv nazorat tadbirini olib bordi.
Hademay bahor yog‘ingarchiligi davrida g‘allada sariq zang ko‘tarilishi kuzatiladi. Shu boisdan ham, tuman bo‘limi mutaxassislariga zararli hasharotlar yoki kasallik belgilari aniqlanadigan bo‘lsa, ularga qarshi kurashish choralarini ko‘rish lozimligi ta’kidlandi

Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati

Kanalga ulanish 👇👇

https://t.me/Samkarantin  - Oʻsimliklar karantini va himoyasi yangiliklaridan xabardor qiluvchi eng ommabop  kanal

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech