Tuproqning 10 sm chuqurlikdagi harorati o‘rtacha 12 daraja bo‘lganda tukli chigitlarni, 14 daraja bo‘lganda tuksizlantirilgan chigitlarni ekishga kirishish mumkin. Chigit ekishni maqbul muddati Samarqand viloyati

21-Aprel, 2025-yil

Tuproqning 10 sm chuqurlikdagi harorati o‘rtacha 12 daraja bo‘lganda tukli chigitlarni, 14 daraja bo‘lganda tuksizlantirilgan chigitlarni ekishga kirishish mumkin. Chigit ekishni maqbul muddati Samarqand  viloyati uchun 5-15 aprel bo‘lib hisoblanadi. Bu muddat ob-havoning kelishiga qarab 5-10 kun erta yoki kech o‘tkazilishi mumkin. Chigit ekishni birinchi navbatda tez qiziydigan yengil, o‘rtacha qumoq va tez yetiladigan
maydonlarda, keyin esa og‘ir tuproqlarda o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Tuproq harorati past bo‘lganda ekilgan chigitni bir qismi chirib ketadi va nihollar siyrak o‘sib chiqadi. Shu boisdan chigitni yerga qadashdan oldin tuproq-iqlim sharoitni va chigit navini inobatga olish ishni ancha yengillashtiradi. 
Shunday ekan, bugungi kunda viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasining ma’sullari ham bu borada ma’suliyatli hisoblanadi. Paxtachi tumanidagi Yangi Diyor Jut MMTP qarashli “Abdumo‘min bobo xirmoni” fermer xo‘jaligining 15 gektarli dala maydoniga chigit qadash ishlari boshlab yuborildi. Unda boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Alisher Ismoilov boshchiligida ekish jarayonlari nazorat qilinib o‘rganildi.

Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati

Kanalga ulanish 👇👇

https://t.me/Samkarantin

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech