❗️❗️❗️ Trend bo‘lgan mahsulotning noqonuniy importi to‘xtatib qolindi. 🍇 Toshkent viloyati “Yallama” chegara o‘tkazish punktida faoliyat olib borayotgan Toshkent viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi hududiy boshqarmasi davlat

❗️❗️❗️ Trend bo‘lgan mahsulotning noqonuniy importi to‘xtatib qolindi.
🍇 Toshkent viloyati “Yallama” chegara o‘tkazish punktida faoliyat olib borayotgan Toshkent viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi hududiy boshqarmasi davlat inspektorlari va “Yallama” chegara o‘tkazish punktining bojxona organi xodimlari hamkorligida kuchaytirilgan holda olib borilgan fitosanitariya va bojxona nazorati davomida Xitoy davlatidan fitosanitar xavfi yuqori bo‘lgan “Muskat” navli uzum mahsulotlarini respublika hududiga noqonuniy karantin ruxsatnomasiz va fitosanitariya sertifikatisiz kirilayotganligi aniqlandi.
🛡 O‘zbekiston Respublikasining “O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi Qonuni 29-moddasiga ko‘ra, karantin ostidagi mahsulotni olib kirishga karantin ruxsatnomasi, eksport qiluvchi mamlakatning o‘simliklar karantini va ularni himoya qilish bo‘yicha davlat organlari tomonidan beriladigan fitosanitariya sertifikati yoki guvohnomasi asosida ruxsat etiladi.
⚠️ Biroq, Karantin agentligi tomonidan Xitoy davlatidan “Muskat” navli uzum mahsulotlarini respublika hududiga olib kirish uchun karantin ruxsatnomasi rasmiylashtirib berilmagan bo‘lsada, hozirgi kunda turli ijtimoiy tarmoqlarda Xitoy davlatidan olib kirilgan “Muskat” navli uzumlar bozorlarda sotilayotganligi haqida ma’lumotlar tarqalgan edi.
🛃 Xitoydan import bo‘layotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Sirdaryo, Andijon viloyatlari O‘KChMlari orqali kirib kelib, Toshkent shahar TIF maskanlarida rasmiylashtiriladi. Shu sababli barcha O‘KChMlarda noqonuniy import mahsulotlar nazorati kuchaytirildi.
✍️ Shuningdek, ko‘p miqdorda sitrus mevalar olib kiradigan korxonalar ro‘yxati shakllantirilib, mahsulotlarning noqonuniy olib kirilishi nazoratga olindi.
🔖 P.S. Toshkent viloyati "Yallama" O‘KChM orqali noqonuniy olib kirilgan uzum bo‘yicha keyinchalik to‘liq ma’lumot taqdim etiladi.
🔰 karantin.uz 📱Facebook (https://m.facebook.com/uzdavkarantin.rasmiy/?ref=bookmarks) 📱Instagram (https://instagram.com/uzdavkarantin?igshid=1cdfcmut771vo)📺Youtube (https://www.youtube.com/@uzdavkarantin/featured) ✖️Twitter (https://twitter.com/uzdavkarantin)