🍇Toklarda eng ko‘p tarqalgan kasallik va zararkunandalar Do‘gli antraknoz (qora son) — bu zamburug‘li kasallik tokning barcha yashil a’zolarini zararlaydi. Barglarda qo‘ng‘ir dog‘lar paydo bo‘ladi, novdaning po‘sti va o‘zi yoriladi, qiyshayadi, mo‘rtlashadi va butunlay qurib qolishi ham mumkin.
🍇Toklarda eng ko‘p tarqalgan kasallik va zararkunandalar
Do‘gli antraknoz (qora son) — bu zamburug‘li kasallik tokning barcha yashil a’zolarini zararlaydi. Barglarda qo‘ng‘ir dog‘lar paydo bo‘ladi, novdaning po‘sti va o‘zi yoriladi, qiyshayadi, mo‘rtlashadi va butunlay qurib qolishi ham mumkin. Uzumning shakli buziladi va yorilib ketadi. Bu kasallik bahor oylarida serjo‘g‘in bo‘lganda juda tez rivojlanadi.
Kasallikka qarshi kurashda agrotexnik chora-tadbirlar profilaktik xarakterga ega. Kaliy o‘g‘itini ko‘proq berish kerak, bu o‘simlikning kasallikka chidamliligini oshiradi. Kuzda tok kesishda zararlangan novdalar yoqib yuboriladi. Qator oralarini chuqur chopish, begona o‘tlar o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur.
Antraknoz bilan zararlangan toklar kuzda ko‘mishdan oldin 3% li bordo suyuqligi (10 l suvga 300 g mis kuporosi va 300 g ohak) bilan purkaladi.
M.XUSHVAQTOV,
O.PARMONOV,
Past Dorg'om tuman bo'limi o‘simliklar karantini va himoyasi fitosanitar nazorat davlat inspektorlari.
📍 Bizni kuzating 👉 @pdhuz