Teatr – Ma’naviyat va Ma’rifat Maskani: San’at odamlarni ezgulikka chorlaydi, yaxshilikka undaydi, eng go‘zal his-tuyg‘ularni in’om etadi. Teatr shunchaki oddiy tomoshaxona emas, balki tarbiya, madaniyat, ma’naviyat va marifat maskanidir.

Teatr – Ma’naviyat va Ma’rifat Maskani:
San’at odamlarni ezgulikka chorlaydi, yaxshilikka undaydi, eng go‘zal his-tuyg‘ularni in’om etadi. Teatr shunchaki oddiy tomoshaxona emas, balki tarbiya, madaniyat, ma’naviyat va marifat maskanidir.
Shu bois, jamiyatimizda ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada boyitish maqsadida “Teatr kuni” loyihasi doirasida Samarqand viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasining bir guruh xodimlari madaniy dam olish uchun tashrif buyurdilar. Ular viloyat Musiqali drama teatrida sahnalashtirilgan "Behbudiy" spektaklini katta qiziqish bilan tomosha qilishdi.
Ushbu tarixiy asarni ko‘rish xodimlarda chuqur taassurot qoldirdi, ularning dunyoqarashini kengaytirib, ma’naviy olamini boyitdi. Teatr san’ati orqali tarixiy shaxslar hayotidan ilhom olish, vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashda bunday tadbirlarning ahamiyati juda kattadir.
Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati
Kanalga ulanish 👇👇
https://t.me/Samkarantin