T A B R I K N O M A Samarqand viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasining fidoyi xodimlari e’tirof etildi!
T A B R I K N O M A
Samarqand viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasining fidoyi xodimlari e’tirof etildi!
Respublikamizda o‘simliklar karantini va himoyasi sohasida ulkan ishlar amalga oshirilayotgani barchamizga ma’lum. Ushbu muhim yo‘nalishning rivojiga o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan Samarqand viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasining fidoyi xodimlarining mehnati doimo e’tirofga loyiqdir.
O‘zbekiston Respublikasining 34 yilligi bayrami arafasida, boshqarma boshlig‘i Shomurod Urazov, viloyat Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurashish xizmati mexanizatori G‘aybullo Shaymanov hamda Pastdarg‘om tuman bo‘limi fitosanitar nazorat inspektori Ozod Parmonovlarning sohaga qo‘shayotgan ulkan xizmatlari yuksak qadrlandi.
Ularning fidokorona mehnatlari O‘simliklar karantini va himoyasi Agentligi rahbari Ibrohim Ergashev tomonidan taqdirlandi. Ushbu mukofotlar sohadagi mashaqqatli va sharafli faoliyatning yorqin namunasidir.
Ularni chin qalbdan tabriklaymiz va kelgusi ishlarida yangidan-yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati
Kanalga ulanish 👇👇
https://t.me/Samkarantin