📍 Samarqandda mayizchilik sohasi istiqbollariga doir ochiq muloqot o‘tkazildi

📍 Samarqandda mayizchilik sohasi istiqbollariga doir ochiq muloqot o‘tkazildi
Samarqand shahrida “O‘zbekiston mayizini dunyoda eng xaridorgir darajaga olib chiqish” mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
⏺ Muloqot Prezidentimizning PF-22-sonli Farmoni va PQ-57-sonli Qarori asosida Samarqand viloyati hokimligi, Markaziy bank va Xalq banki hamkorligida tashkil etildi.
⏺ Muloqot davomida mayiz yetishtirish va eksportdagi dolzarb masalalar, Qo‘shrabot mayizining brend salohiyati hamda Xalq banki tomonidan sohaga ko‘rsatilayotgan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari muhokama qilindi.
💬 Shuningdek, “Qo‘shrabot – Agro Star” MCHJ loyihasi doirasida Xalq banki bilan hamkorlikda zamonaviy agrosanoat majmuasini tashkil etish rejalari taqdim etildi.
🌐 Batafsil: xb.uz (https://xb.uz/post/samarqandda-mayizchilik-boyicha-ochiq-muloqot-otkazildi)
🌐 (http://fb.com/xalqbankinfo2)Facebook (http://fb.com/xalqbankinfo1) |🌐 Instagram (http://instagram.com/xalqbankinfo)
🌐 Telegram (http://t.me/xalqbankinfo) |👍 YouTube (https://www.youtube.com/@XalqBankinfo)