Samarqandda eksportchi tadbirkorlar bilan muhim muloqot: Muammolar yechimi va rivojlanish istiqbollari

14-Avgust, 2025-yil

Samarqandda eksportchi tadbirkorlar bilan muhim muloqot: Muammolar yechimi va rivojlanish istiqbollari


Samarqand viloyatining eksport salohiyatini yuksaltirish yo‘lida navbatdagi muhim qadam tashlandi. Bugun, 2025-yil 31-iyul kuni, viloyatning yetakchi eksportchi tadbirkorlari bilan keng qamrovli muloqot tashkil etildi. Uchrashuvga Bosh vazir o‘rinbosari J.Xodjayev va O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi rahbari I.Ergashev kabi mas’ul rahbarlar boshchilik qildilar. Tadbir davomida, tadbirkorlarning eksport faoliyatiga ko‘maklashish borasidagi dolzarb masalalar, jumladan, gaz va elektr energiyasi ta’minotidagi muammolar, mahsulotlarni qadoqlash va logistika jarayonlaridagi mavjud to‘siqlar atroflicha tinglandi. 
 
Muloqot davomida, tadbirkorlarning har bir murojaatiga alohida e’tibor qaratilib, ularning eksport faoliyatini yanada kengaytirish va rivojlantirish yo‘lidagi tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi. Mavjud to‘siqlarni bartaraf etish, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha aniq va amaliy chora-tadbirlar belgilandi. Vazir o‘rinbosari va Agentlik rahbari tomonidan mas’ul xodimlarga eksportchilarning muammolarini tezkorlik bilan hal etish yuzasidan qat’iy topshiriqlar berildi. Ayrim masalalar joyida hal etilib, tadbirkorlarga zarur ko‘mak ko‘rsatildi. 
 
Ushbu uchrashuv, Samarqand viloyatida eksportga yo‘naltirilgan ishlarni yanada jadallashtirish, tadbirkorlik faoliyatini keng qo‘llab-quvvatlash va mamlakatimizning iqtisodiy rivojiga hissa qo‘shish borasidagi muhim qadam bo‘ldi. Unda belgilangan vazifalarning samarali ijrosi, viloyatning eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiladi, degan umid bildirildi.

Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati

Kanalga ulanish 👇👇

https://t.me/Samkarantin

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech