📍 #Samarqand_viloyati #Urgut_tumani 🌳 Qishloq xo‘jaligi sohasida yangi imkoniyatlar yaratilmoqda! O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A. Ismoilov, Dala cheti bo‘yicha bo‘lim

25-Noyabr, 2025-yil

📍 #Samarqand_viloyati #Urgut_tumani

🌳 Qishloq xo‘jaligi sohasida yangi imkoniyatlar yaratilmoqda!

O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A. Ismoilov, Dala cheti bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i T. Xasanov hamda tuman bo‘limi boshlig‘i E.Ochilov hamkorligida Yangiariq MMTP hududidagi “Anora Asadbek bog‘i” fermer xo‘jaligida mevali ko‘chatlar ekish ishlari tashkil etildi. 🌱

Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-dekabrdagi PQ–465-sonli
📝 *“Qishloq xo‘jaligi maydonlaridagi qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalangan holda mahsulot yetishtirishni ko‘paytirishga doir chora-tadbirlari to‘g‘risida”*gi qarori ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.

Bu tashabbus orqali yurtimizda yer resurslaridan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ko‘paytirish va aholi bandligini ta’minlashga xizmat qilmoqda. 🇺🇿

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech