Samarqand viloyati Payariq tumanidagi IRIS QOZOQ MMTP ga qarashli" Turkiston dalasi" fermer xoʻjaligida feromon tutgichlari muntazam tekshiruv va yangilashdan oʻtkazildi.

Samarqand viloyati Payariq tumanidagi IRIS QOZOQ MMTP ga qarashli" Turkiston dalasi" fermer xoʻjaligida feromon tutgichlari muntazam tekshiruv va yangilashdan oʻtkazildi.
Bu, zararkunandalar sonini aniqlash va ularning tarqalishini nazorat qilishda muhim ahamiyatga ega boʻlgan feromon tutgichlarning samarali ishlashini ta'minlashga qaratilgan. Tekshiruv davomida eskirib qolgan va ishlamayotgan tutgichlar aniqlanib, oʻrniga yangilari oʻrnatildi. Bu esa zararkunandalar sonining oʻzgarishini aniq kuzatish va oʻz vaqtida himoya choralarini koʻrish imkonini beradi. Muntazam tekshiruv va yangilash ishlari hosildorlikni oshirishga, tabiiy resurslardan samarali foydalanishga va ekologik toza mahsulot yetishtirishga xizmat qiladi.
Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati
Kanalga ulanish 👇👇
https://t.me/Samkarantin - Oʻsimliklar karantini va himoyasi yangiliklaridan xabardor qiluvchi eng ommabop kanal