Samarqand viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi tomonidan paxta hosilini yig‘im-terimga tayyorlash bo‘yicha muhim tadbirlar izchil olib borilmoqda. Jumladan, boshqarma boshlig‘i Sh.Urazov va boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Ismoilovlar Oqdaryo tumaniga tashrif buyurib,
Samarqand viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi tomonidan paxta hosilini yig‘im-terimga tayyorlash bo‘yicha muhim tadbirlar izchil olib borilmoqda. Jumladan, boshqarma boshlig‘i Sh.Urazov va boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Ismoilovlar Oqdaryo tumaniga tashrif buyurib, paxtakorlarning terim oldi tayyorgarligi bilan yaqindan tanishdilar.
Ular Oqdaryo tumanidagi "Butanash taraqqiyoti" fermer xo‘jaligida o‘tkazilgan defoliatsiya (paxta hosilini terimga tayyorlash maqsadida barglarini to‘kish) tadbiridan keyingi holatni bevosita joyida kuzatdilar. Kuzatuvdan asosiy maqsad – defoliatsiyaning sifati, uning paxta hosilini yig‘im-terimga to‘liq va samarali tayyorlashdagi ahamiyatini baholash hamda mahsulotning sifatli terilishini ta’minlashdan iborat bo‘ldi.
Tashrif davomida mutaxassislar fermerlarga defoliatsiyaning samaradorligini oshirish, hosilni tez va sifatli yig‘ib olish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdilar.
Kanalga ulanish 👇👇
https://t.me/Samkarantin