Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani A.Navoiy MMTP hududida joylashgan "Jamshid Abdullox fayzli dalasi" fermer xo‘jaligida bug‘doy hosiliga tayyorgarlik ishlari jadal sur’atlarda

18-Iyun, 2025-yil

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani A.Navoiy MMTP hududida joylashgan "Jamshid Abdullox fayzli dalasi" fermer xo‘jaligida bug‘doy hosiliga tayyorgarlik ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda.Mutaxassis Sa’dullo Qazokov va fermer xo‘jaligi rahbari hosildorlikni aniqlash uchun dala maydonlarini sinchiklab ko‘zdan kechirishmoqda.Uzoq kunlar davom etgan mehnat samarasi ko‘zga yaqqol tashlanmoqda. Noyob iqlim sharoiti va fermerlarning tinimsiz mehnati tufayli bu yilgi bug‘doy hosili o‘tgan yilgiga nisbatan sezilarli darajada yuqori bo‘lishi kutilmoqda.Mutaxassisning taxminiga ko‘ra, har gektardan o‘rtacha hosildorlik 70-80 sentnerdan oshadi.Bu esa fermerlar uchun yaxshi daromad manbai bo‘lib xizmat qiladi va tuman iqtisodiyotiga ham sezilarli hissa qo‘shadi. Hosilni yig‘ishtirib olish uchun barcha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.Fermer xo‘jaligi rahbariyati hosilni saqlash va sotish masalalariga ham alohida e’tibor qaratmoqda

Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech