Samarqand viloyati Bulung'ur tumanidan Ukrainaga yuqori sifatli mayiz eksporti: Jahon standartlariga moslik va fitosanitar nazorat Samarqand viloyatining Bulung'ur tumanida faoliyat yuritayotgan "Green Desert" MCHJ korxonasi tomonidan Ukraina davlatiga 21 000 kg miqdorida mayiz mahsuloti eksporti a
Samarqand viloyati Bulung'ur tumanidan Ukrainaga yuqori sifatli mayiz eksporti: Jahon standartlariga moslik va fitosanitar nazorat
Samarqand viloyatining Bulung'ur tumanida faoliyat yuritayotgan "Green Desert" MCHJ korxonasi tomonidan Ukraina davlatiga 21 000 kg miqdorida mayiz mahsuloti eksporti amalga oshirildi. Ushbu eksport jarayonining o'ziga xos jihati shundaki, mahsulotlar jahon standartlariga mos ravishda tayyorlangan va fitosanitar toza ekanligi fitosanitar sertifikat bilan tasdiqlangan.
Har bir eksport partiyasi uchun o'simliklar karantini va himoyasi tuman bo'limi inspektorlari tomonidan qat'iy nazorat o'tkazildi. Inspektorlar mahsulotlarning zararkunandalar, kasalliklardan toza ekanligini tekshirib, ular xalqaro talablarga javob berishini ta'minladilar. Natijada, eksport qilinayotgan mayiz nafaqat sifatli, balki fitosanitar talablarga to'liq javob beruvchi mahsulot hisoblanadi.
Mahsulotlarning xalqaro bozorlarda o'rin egallashi, avvalambor, sifat va xavfsizlikka e'tibor qaratish, hamda davlat nazorati organlari bilan yaqin hamkorlikda ishlashning muhimligini ko'rsatadi. Bu esa, o'z navbatida, viloyat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishiga hissa qo'shadi.
Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati
Kanalga ulanish 👇👇
😎 https://t.me/Samkarantin - Oʻsimliklar karantini va himoyasi yangiliklaridan xabardor qiluvchi eng ommabop kanal