Samarqand viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasida boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Alisher Ismoilov va bosh yuriskonsult Abdumalik Yusupov ishtirokida "Korrupsiya – kelajak kushandasi" mavzusidagi seminar o‘tkazildi. Seminarda o‘simliklar karantini va himoyasi sohasidagi

Samarqand viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasida boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Alisher Ismoilov va bosh yuriskonsult Abdumalik Yusupov ishtirokida "Korrupsiya – kelajak kushandasi" mavzusidagi seminar o‘tkazildi. Seminarda o‘simliklar karantini va himoyasi sohasidagi qonunchilikka rioya etish, xususan, 2024-yil 10 fevraldan kuchga kirgan "O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risida"gi va 2018-yil 9 iyuldagi "O‘simliklar karantini to‘g‘risida"gi Qonunlar talablari muhokama qilindi. Mahsulotlar eksporti va importi jarayonlarining elektron tizim orqali shaffofligi ta’minlanishi ta’kidlandi, shuningdek, vijdonan ishlaydigan va sustkashlikka yo‘l qo‘ymaydigan faol inspektorlarning faoliyati yuqori baholandi. Muzokara shaklida o‘tgan seminar savol-javoblarga boy bo‘ldi.
Bizni kuzatishda davom eting👇👇
https://t.me/Samkarantin