Samarqand tumanidagi mana bu 30 sotixda yetishtirilayotgan anvoyi gullar ham odamning bahri dilini ochadi. Bu issiqxonada 50 dan ortiq xona gullari va 20-25 xil turdagi 25-30 daraja

6-Yanvar, 2025-yil

Samarqand tumanidagi mana bu 30 sotixda yetishtirilayotgan anvoyi gullar ham odamning bahri dilini ochadi. Bu issiqxonada 50 dan ortiq xona gullari va 20-25 xil turdagi 25-30 daraja sovuqqa chidamli bo‘lgan dala gullari yetishtiriladi. Bugunda ushbu issiqxonada yetishtirilayotgan gullar viloyatning ichki bozorlariga chiqarilmoqda. Albatta, gullarning fitosanitar tozaligi bu borada muhim ahamiyat kasb etadi. Viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasining tuman bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan ushbu issiqxonaga doimiy amaliy ko‘maklar ko‘rsatib kelinadi. Gullarni biologik himoyalash maqsadida biomahsulotlar tarqatiladi, feromon tutqichlar ilinadi, dala qutilari o‘rnatilib doimiy dala daftarlari yuritib boriladi... (https://telegra.ph/Gulchilikka-ixtisoslashgan-issiqxonalar-faoliyatidan-12-26)  

Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati

Kanalga ulanish 👇👇

https://t.me/Samkarantin  - Oʻsimliklar karantini va himoyasi yangiliklaridan boxabar qiluvchi eng ommabop  kanal

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech