Respublikamizda yetishtirilayotgan meva-sabzavot mahsulotlarini pishib yetilishi davrida mahsulotlarning tannarxlari mavsumiy o‘zgarishi (tannarxlarning tushib ketishi) yuqoriligini inobatga olib, mahsulotlarni pishiqchilik davrida

Respublikamizda yetishtirilayotgan meva-sabzavot mahsulotlarini pishib yetilishi davrida mahsulotlarning tannarxlari mavsumiy o‘zgarishi (tannarxlarning tushib ketishi) yuqoriligini inobatga olib, mahsulotlarni pishiqchilik davrida yig‘ib olish, tashish va saqlash jarayonlarida ma’lum qismini yo‘qotilishini oldini olish maqsadida, meva-sabzavot va uzum mahsulotlarini bir hudud bir mahsulot yo‘nalishida qishloq xo‘jaligi kooperativi tashkil yetish zarurati yuzaga kelmoqda
Shu munosabat bilan o‘simliklar karantini va himoyasi Agentligi tashabbusi bilan mahalliy meva-sabzavot mahsulotlari eksporti geografiyasi va nomenklaturasini kengaytirish, o‘zbek ekspotorlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda bu orqali qishloq xo‘jalik mahsulotlari eksporti hajmini yanada oshirish maqsadida Samarqand viloyatidagi ixtisoslashgan mahallalarning xonadonlarida uzum mahsulotlarini quritishga mo‘ljallangan qishloq xo‘jaligi kooperativi namunali pilot loyihalarini tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Agentlik rahbariyatining topshiriqlari asosida Samarqand viloyatida qishloq xo‘jaligi kooperativini tashkil etish yuzasidan dastlabki o‘rganish ishlarini olib borish maqsadida ishchi guruhlar tuzildi.
Karantin agentligi ishchi guruhlari tomonidan Samarqand viloyatining Urgut, Qo‘shrabot va Ishtixon tumanlarida 20 dan ortiq tashabbuskor xonadonlarning sharoiti o‘rganildi. Viloyatning mazkur hududlarida mayiz tayyorlash bo‘yicha salohiyati tahlil qilinib, aholi xonadonlarining umumiy maydoni, ishlab chiqarishni tashkil etish rejalashtirilayotgan bino, mavjud uskunalar, energetika va logistika imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, mazkur tajriba Samarqand viloyatining bir nechta tumanlarida joriy etiladi.
Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati
Kanalga ulanish 👇👇
https://t.me/Samkarantin - Oʻsimliklar karantini va himoyasi yangiliklaridan boxabar qiluvchi eng ommabop kanal
Veb sayt (https://samkarantin.uz/) I Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=100073345246541) I Instagram (https://www.instagram.com/samkarantin99?r=nametag) I Youtube (https://youtube.com/channel/UCeMdD5Tkf193unqC6ShdWbA)