Respublika bo'ylab g'o'za maydonlarida defolyatsiya tadbirlari joriy yilda yakunlanish arafasida. Ushbu muhim agrotexnik tadbirning samaradorligini aniqlash maqsadida, ishlar amalga oshirilgan hududlarda uning ta'sirchanlik holati o'rganilmoqda.

Xususan, Samarqand viloyati Kattaqo'rg'on tumani, M.Ulug'bek MMTP hududiga qarashli "Sanjarbek porloq kelajagi" fermer xo'jaligida "XIMEXTRA" preparati bilan (0,200 gr/ga) amalga oshirilgan defolyatsiya jarayoni va uning natijalari atroflicha o'rganildi. Tadqiqotlar natijasida mazkur preparat va belgilangan dozaning g'o'za maydonlarida ijobiy samara berganligi tasdiqlandi. Bu esa sifatli defolyatsiya ishlari mo'l va sifatli paxta hosilini olishning asosiy garovi ekanligini yana bir bor ko'rsatadi.
Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati
Kanalga ulanish 👇👇
@Sam_qishloqxojaligi
https://t.me/Samkarantin - Oʻsimliklar karantini va himoyasi yangiliklaridan xabardor qiluvchi eng ommabop kanal