Qovun pashshasiga qarshi qanday kurashish mumkin? Bugungi kunda yurtimizda yetishtirilayotgan qovunlarga chet mamlakatlarda bo‘lgan talab oshib, eksport hajmi ko‘payib bormoqda. Ammo bir qator zararkunandalar

Qovun pashshasiga qarshi qanday kurashish mumkin?
Bugungi kunda yurtimizda yetishtirilayotgan qovunlarga chet mamlakatlarda bo‘lgan talab oshib, eksport hajmi ko‘payib bormoqda. Ammo bir qator zararkunandalar qovun o‘simligiga va uning mevalariga jiddiy zarar yetkazadi. Masalan, qovun pashshasi. U qovunni jiddiy zararlaydi, iste’molga yaroqsiz holga keltirib, eksportbopligini yo‘qotadi.
Xo‘sh, unga qarshi qanday kurashish mumkin?
Buning uchun polizlarni o‘simlik qoldiqlaridan tozalash, chuqur kuzgi shudgor o‘tkazish orqali pashshaning qishlovdagi zaxiralarini kamaytirish, pashsha kuzatilgan dalalarga 3-7 yil davomida poliz ekinlarini qayta ekmaslik kerak.
Qovun pashshasiga qarshi kimoviy kurashish uchun “Politrtn 24.7” foizli (0.2-0.3 li/ga), “Energi-duo” (0.3 l/ga). “Defintoks” 2,5 foizli (0.2 l/ga) kabi preparatlardan birini qo‘llash tavsiya etiladi.
Odiljon Shomurodov,
Past Darg‘om tuman o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘limi fitosanitar davlat nazorati inspektori.