Qovoqning yetilganligini aniqlash usullari: Qovoqning yetilganligini bir nechta belgilar orqali aniqlash mumkin. 1️⃣ Rangiga e’tibor bering. Ko‘pchilik qovoq navlari pishganda to‘q sariq yoki och jigarrang tusga kiradi.Qovoqning ustida poyaga tegib turgan qismi ochroq yoki oqsil rang bo‘lib, u

26-Sentabr, 2025-yil

Qovoqning yetilganligini aniqlash usullari: 
 
Qovoqning yetilganligini bir nechta belgilar orqali aniqlash mumkin. 

1️⃣ Rangiga e’tibor bering. Ko‘pchilik qovoq navlari pishganda to‘q sariq yoki och jigarrang tusga kiradi.Qovoqning ustida poyaga tegib turgan qismi ochroq yoki oqsil rang bo‘lib, u qurishini boshlagan bo‘lsa, bu ham pishganlik alomati. 
 
2️⃣ qovoqni ushlab ko‘ring. Yetilgan qovoqning po‘sti qattiq va mustahkam bo‘ladi.Po‘stiga barmog‘ingiz bilan bosganda u chuqur ketmasligi kerak. 
 
3️⃣ Tovushiga quloq soling. Qovoqni yengil ushlab koʻring agar u bo‘sh, jarangdor tovush chiqarsa, demak, u yetilgan. Chuqur, o‘lik tovush esa pishmaganini anglatishi mumkin. 
 
4️⃣ Poyasiga qarang. Poyasi qurib, qattiqlashgan bo‘lsa, qovoq odatda tayyor bo‘ladi. 

Agar yuqoridagi belgilar namoyon bo‘lsa, u holda qovoq pishgan va uni yig‘ib olsa bo‘ladi...

➡️ Saqlab oling va yaqinlarga ham ulashing. 👇👇
 
https://t.me/Samkarantin — sizga eng yaxshilarini ilinamiz! 

Bizni kuzatib boring:👇👇
@Sam_qishloqxojaligi

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech