Qishloq xo‘jaligida zararli organizmlarga qarshi kurash va ularni prognozlash tizimini takomillashtirish maqsadida, viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasida zararli organizmlarni prognozlashtirish va monitoring qilish bo‘yicha boshqarma va barcha tuman bo‘limlari mutaxassislari ishtir

11-Avgust, 2025-yil

Qishloq xo‘jaligida zararli organizmlarga qarshi kurash va ularni prognozlash tizimini takomillashtirish maqsadida, viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasida zararli organizmlarni prognozlashtirish va monitoring qilish bo‘yicha boshqarma va barcha tuman bo‘limlari mutaxassislari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 
 
Unda sohada amalga oshirilayotgan tadbirlarni yanada takomillashtirish, xususan, 2023-2025 yillar kesimidagi uzoq muddatli bashoratnoma ma’lumotlarini “Dala nazorat” avtomatlashgan axborot tizimiga kiritish ishlarini yakunlash masalalari muhokama qilindi. Yig‘ilish davomida ma’lumot kiritishda yuzaga kelgan muammo va kamchiliklar atroflicha tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishildi. 
 
Bundan tashqari, monitoring va prognozlash ishlarining samaradorligini oshirish maqsadida, boshqarma tomonidan mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan barcha tuman bo‘limlarining yetakchi mutaxassislariga 14 dona eng zamonaviy monoblok kompyuterlari taqdim etildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech