Qadrli vatandoshlar, aziz yurtdoshlar! Siz azizlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 34 yillik bayrami bilan Samarqand viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasining butun jamoasi va shaxsan o‘z nomimdan samimiy tabriklayman!
Qadrli vatandoshlar, aziz yurtdoshlar!
Siz azizlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 34 yillik bayrami bilan Samarqand viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasining butun jamoasi va shaxsan o‘z nomimdan samimiy tabriklayman!
Bu qutlug‘ ayyomda har birimiz Prezidentimiz rahnamoligida Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida erishayotgan ulkan yutuqlarimiz, amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va barqaror taraqqiyot bilan chin yurakdan faxrlanamiz. Mustaqillik bizga milliy qadriyatlarimizni tiklash, xalqimiz farovonligini oshirish va farzandlarimizning porloq kelajagini ta’minlashdek oliy maqsadlar sari dadil qadam tashlash imkoniyatini berdi.
Aziz yurtdoshlar, bu qutlug‘ ayyom muborak bo‘lsin! Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, xonadonlaringizga tinchlik-barqarorlik va fayzu baraka tilayman. Vatanimiz osmoni doimo musaffo bo‘lib, uning shon-shavkati va ravnaqiga har birimiz o‘z hissamizni qo‘shishdek oliy burchni ado etishdan charchamaylik!
Ehtirom bilan,
Shomurod Urazov
Samarqand viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig‘i
Kanalga ulanish 👇👇
https://t.me/Samkarantin