PREZIDENT QARORI IJROSI AMALDA Jomboy tuman hokimligining majlislar zalida Payariq, Jomboy, Samarqand va Bulung‘ur tumanlari fermerlari ishtirokida qishloq xo‘jaligi masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

24-Yanvar, 2025-yil

PREZIDENT QARORI IJROSI AMALDA 
  
Jomboy tuman hokimligining majlislar zalida Payariq, Jomboy, Samarqand va Bulung‘ur tumanlari fermerlari ishtirokida qishloq xo‘jaligi masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. 
  
Seminarda viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Alisher Ismoilov davlatimiz rahbarining 2024-yil 30 dekabrdagi PQ-465-sonli qarorining mazmun-mohiyati hamda bugun qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarining dala chetlari, kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlarda hamda aholi tomorqasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish tobora muhim ahamiyatga ega bo‘lib borayotganligi yuzasidan taqdimot qildi. 
  
Qaror doirasidagi boshqa imtiyoz hamda belgilangan ta’sir choralari bilan quyidagi manzilda batafsil tanishib chiqishingiz mumkin: https://lex.uz/docs/7286187



Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati

Kanalga ulanish 👇👇

https://t.me/Samkarantin

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech