🖥🖥 PQ-465-sonli qaror ijrosi: Pastdarg‘omda dala chetlarini rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar... O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 30 dekabrdagi PQ-465-sonli qarori ijrosini ta’minlash doirasida Pastdarg‘om tumanida muhim "Master-seminar" tashkil etildi. Ushbu tadbir
🖥🖥 PQ-465-sonli qaror ijrosi: Pastdarg‘omda dala chetlarini rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar...
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 30 dekabrdagi PQ-465-sonli qarori ijrosini ta’minlash doirasida Pastdarg‘om tumanida muhim "Master-seminar" tashkil etildi. Ushbu tadbir Viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi hamda viloyat fermerlar kengashi tashabbusi bilan, Boshqarmaga qarashli mevali bog‘ dala maydonida o‘tkazildi. Avvallari qarovsiz va chalakzor bo‘lib yotgan bu lalmi yer maydonlari, Viloyat boshqarmasi va Pastdarg‘om tuman bo‘limi hamkorligida obodonlashtirilib, endilikda samarali dala-bog‘iga aylantirildi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, noyabr-dekabr oylarida 16 gektarga 14 ming dona olcha, 10 gektarga 6 ming dona olxo‘ri, bahor oylarida esa 49 gektarga 42 ming dona olcha va 29 gektarga 19 ming dona olxo‘ri ko‘chatlari ekilishi ko‘zda tutilgan.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, Ayni paytda tumanda dala chetlaridagi maydonlarga to‘qsonbosti ekinlarini ekish ishlari to‘liq yakunlandi. Shuningdek, dala chetlariga mevali daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari hademay boshlab yuboriladi... (https://telegra.ph/PQ-465-sonli-qaror-ijrosi-Pastdargomda-dala-chetlarini-rivojlantirishga-qaratilgan-keng-kolamli-ishlar-11-06)
Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati
Kanalga ulanish 👇👇
💬 https://t.me/Samkarantin - Oʻsimliklar karantini va himoyasi yangiliklaridan xabardor qiluvchi eng ommabop kanal
🔰Veb sayt (https://samkarantin.uz/) I 💬Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=100073345246541) I 📷Instagram (https://www.instagram.com/samkarantin99?r=nametag) I 📺Youtube (https://youtube.com/channel/UCeMdD5Tkf193unqC6ShdWbA)