PQ-465 qarori ijrosi: Ko‘rgazmali seminar va agrar innovatsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30 dekabrdagi PQ-465-sonli qarori ijrosini samarali tashkil etish maqsadida ko‘rgazmali seminar tashkil etildi. Tadbir Pastdarg‘om tumani Salim Mallayev MMTP hududidagi "Karim bobo"

PQ-465 qarori ijrosi: Ko‘rgazmali seminar va agrar innovatsiyalar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30 dekabrdagi PQ-465-sonli qarori ijrosini samarali tashkil etish maqsadida ko‘rgazmali seminar tashkil etildi. Tadbir Pastdarg‘om tumani Salim Mallayev MMTP hududidagi "Karim bobo" fermer xo‘jaligida o‘tkazildi.
Seminarda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi ishchi guruhi a’zolari, tajribali usta dehqonlar, viloyat boshqarmasi xodimlari, o‘simliklar karantini va himoyasi Samarqand mintaqaviy filiali olimlari, Pastdarg‘om, Oqdaryo, Nurobod tumani bo‘limlari boshliqlari va inspektorlari faol ishtirok etdi. Tadbirda mahsulot sifatini oshirish, karantin xavfsizligini ta’minlash hamda eksport salohiyatini kuchaytirish borasidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Ishtirokchilarga qarorning ahamiyati va agrar soha rivojidagi o‘rni yuzasidan tushuntirishlar berildi. Bu kabi seminarlar fermerlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga, zamonaviy usullarni joriy etishga xizmat qiladi.